Texnologii | 22:08 / 06.09.2016
9890
6 daqiqa o‘qiladi

7 sentabr kuni yangi iPhone qurilmasining taqdimoti bo‘lib o‘tadi – iPhone kecha va bugun

Foto: ©TASS

7 sentabr kuni San-Frantsiskoda (Kaliforniya shtati, AQSh) Apple kompaniyasining navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unda iPhone smartfonlarining yangi modellari va Apple Watch "aqlli" soatlari namoyish etiladi. 

iPhone - Amerikaning Apple kompaniyasi ishlab chiqaradigan sensor boshqaruvli smartfonlar guruhi. iPhone qurilmalarini ishlab chiqarish 2005 yilda kompaniya rahbari Stiv Jobs va dizayner Jonatan Ayva tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Bu smartfon ilk marotaba 2007 yilning 9 yanvarida San-Frantsiskodagi Macworld ko‘rgazmasida namoyish qilingan, qurilma 2007 yilning 29 iyunidan AQShda sotila boshlangan. 

iPhone'ning paydo bo‘lishi mobil telefonlar va gadjyetlar bozoriga katta ta'sir ko‘rsatgan, buning natijasida qolgan aksariyat ishlab chiqaruvchilar o‘z qurilmalarini shu smartfonga asoslanib yarata boshlashdi. Dastlab iPhone boshqa smartfonlardan katta hajmli sensor ekrani bilan ajralib turardi. Uni yaratishda korpusdagi tugmalar sonini imkon qadar kamaytirishga qaror qilingan. Shuningdek smartfondan internet tarmog‘i va ilovalar do‘koniga kirishni osonlashtirish maqsadida iPhone uchun yangi iOS operatsion tizimi ishlab chiqilgan.

Ilk iPhone

Ilk iPhone 3,5 dyuymli diagonalga (115X61 mm) ega ekran, 2 megapikselli kamera, alyuminiy, shisha, po‘lat va qora plastik elementlari bo‘lgan korpus bilan ta'mirlangan. U ikkinchi avlod ma'lumotlar uzatish standartlari (GSM, EDG), Wi-Fi hamda Bluetooth'ni qo‘llab-quvvatlagan. Vazni - 135 grammni tashkil qilgan. Qurilma 4, 8 va 16 gigabayt xotira versiyalarida ishlab chiqarilgan. Bir yil ichida 5,4 million smartfon sotilgan.  

iPhone 3G va 3GS

2008 yilning 11 iyulida  iPhone  qurilmalarining keyingi - 3G seriyasi ishlab chiqarildi. Bu smartfon uchinchi avlod mobil tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlagan, u navigatsiya uchun o‘rnatilgan chipga ega bo‘lgan. 3G seriyasi oq va qora ranglarda sotilgan. Apple birinchi yilning o‘zidayoq taxminan 15 million qurilmani sotishga muvaffaq bo‘lgan. 

2009 yilning 19 iyunida iPhone 3GS versiyasi taqdim etilgan. Uning protsessori yanada kuchli bo‘lgan, 3 megapikselli kamera video tasvirga ola boshlagan, shuningdek 32 gigabayt xotiraga ega versiyasi ham paydo bo‘lgan. iPhone 3GS bir yilda 30 million dona sotilgan. 

iPhone 4 va 4S

2010 yilning 24 iyunida Apple kompaniyasi iPhone 4 qurilmasini taqdim qildi. Yangi smartfon nisbatan ingichka ko‘rinishda chiqdi. U 5 megapikselli kamera va yanada kuchli protsessor bilan ishlab chiqarildi. 

Ilk marotaba old kamera paydo bo‘ldi. Shuningdek korpus dizayni ham o‘zgartirildi. Bir yilda 57 milliondan ortiq iPhone 4 sotilgan (3GS bilan birga). 

2011 yilning 4 oktabrida (Stiv Jobsning o‘limidan bir kun avval) Apple direktori Tim Kuk iPhone 4S versiyasini namoyish etdi. Smartfondagi o‘zgarishlar birinchi navbatda qurilma resurslari bilan bog‘liq edi: yanada kuchli protsessor, 8 megapikselli kamera, 64 gigabayt xotira. iPhone 4S va undan avvalgi versiyalar sotuvi bir yilda 110 milliondan oshib ketdi.  2012 yil yakunlariga ko‘ra, iPhone'dan tushayotgan daromad  birinchi marta kompaniya umumiy daromadining yarmini tashkil etdi. 

iPhone 5 modellari

2012 yilning 12 sentabrida keyingi avlod smartfoni - iPhone 5 taqdim etilgan. Yangi qurilma yanada ingichka ko‘rinish olgan, vazni yengillashgan, lekin ekran diametri kattalashgan (4 dyuym). Shu bilan birga korpusning kumushrang versiyasi ham paydo bo‘lgan. Smartfon to‘rtinchi avlod tarmog‘ini (LTE) qo‘llab-quvvatlay boshladi. Bir yilda 140 milliondan ortiq qurilma sotilgan. 

2013 yilning 20 sentabrida Apple iPhone'ning ikki yangi versiyasi - 5C va 5S. iPhone 5'ning qurilma xususiyatlariga ega telefon alyumin emas, plastik korpusda chiqarildi.  5S nisbatan qimmat qurilma hisoblangan, uning protsessori kuchliroq bo‘lgan, yangi versiya kumushrang va tillarang versiyalarda taqdim etilgan. 5C, 5S va undan avvalgi versiyalar sotuvi 150 million donani tashkil qildi. 

iPhone 6, 6S, 6S Plus, SE

Phone'ning keyingi versiyasi 2014 yilning 19 sentabrida ishlab chiqarilgan. U ikki  - 6 va 6 Plus versiyalarida taqdim etilgan. Yangi versiyalar ekran hajmining kattalashgani bilan ajralib tursa-da, qalinligi aksincha ingichkalashgan. Modellar 128 gigabayt xotira bilan ta'minlangan. 2015 yilning yoziga qadar 170 milliondan ortiq qurilma sotilgan (sotuvda qolgan 5C bilan birga). 

2015 yilning 9 sentabrida yangi 6S va 6S Plus modellari ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida ma'lum qilindi. Ular avvalgi modellardan kuchli qurilma ta'minoti va 20 gramm qo‘shimcha vazni bilan ajralib turadi. Bu qurilmalarning sotuvi 25 sentabrda yo‘lga qo‘yilgan, 26-27 sentabr kunlarida iPhone'ning 13 million yangi modeli sotildi. 21 aprelda Apple kompaniyasi yangi 4 dyuymli ekranga ega iPhone SE qurilmasini namoyish qildi. 

Statistika

2016 yilning 27 iyulida Apple o‘zining milliardinchi iPhone'ini sotdi. 2015 yilda smartfonlar sotuvi (231 million dona) Apple'ga 155 milliard dollarlik daromad keltirdi - bu kompaniya umumiy daromadlarining 66,3 foizini tashkil qiladi. 

 

Mavzuga oid