Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda inson taftidan tok ishlab chiqaruvchi zaryadka yaratildi
Kelajakning zaryad moslamalari cho‘ntak elektronikasini inson taftidan tok ishlab chiqarib, energiya bilan ta'minlay oladi. Xitoylik olimlar ana shunday tizim prototipini Angewandte Chemie International Edition jurnalida taqdim etishdi.
Elektron qurilmalar qanchalik qulay, ixcham va tejamkor bo‘lgani sayin ularni quvvat bilan ta'minlash masalasi shunchalik dolzarblashib bormoqda. Akkumulyatorlar og‘ir, murakkab va xavfliligicha qolmoqda, shu bois olimlar yangi gadjyetlarni quvvatlovchi uskunalar bilan ta'minlash ustida bosh qotirishmoqda. Ulardan birini Xuachjun Ilm-fan va texnologiya universiteti professori Tszyun Chjou va uning hamkasblari taklif qildi - to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyimga integratsiyalash mumkin bo‘lgan oddiy termoelektr tizim.
Bir juft elektrodni elektrolit aralashmasiga solinsa va ular orasida harorat gradiyenti qo‘llab-quvvatlansa, zanjirda elektroharakatlantiruvchi kuch paydo bo‘ladi. Bunday termoelementlar anchadan beri ma'lum, lekin teri va havo o‘rtasidagi harorat tafovuti hozircha yetarli energiya bera olmayapti.
Olimlar uning samarasini kuchaytirish uchun o‘z tizimlarida suyuq emas, gel elektrolitlarni qo‘llashdi. Ikki xil termoelement kombinatsiyasi elektr ishlab chiqarishni taxminan ikki barobarga oshirdi.
Tszyun Chjou va uning hamkasblari ta'kidlashicha, yaqin kunlarda ular tizimda qo‘shimcha takomillashtirish ishlarini olib borib, past haroratli gradiyentlardan ko‘proq energiya olishning uddasidan chiqishadi.
Mavzuga oid
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
23:35 / 07.05.2025