Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IKEA Rossiyada eng yirik fabrikasini ishga tushiradi
Shvetsiyaning IKEA kompaniyasi Rossiyada eng yirik mebel ishlab chiqaruvchi fabrikani ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqida TASS agentligi xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, fabrika loyihasi kompaniyaning mahalliy bozorda Rossiyada ishlab chiqariluvchi mahsulotlar ulushini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.
"Bugungi kunda Rossiyaning IKEA magazinlaridagi mahsulotlarning 50 foizi shu yerda ishlab chiqarilgan. Hozirda kompaniya Rossiyada ishlab chiqariluvchi mahsulotlar ulushini oshirishga harakat qilmoqda", - deya ma'lum qilishgan IKEA matbuot xizmatida.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Novgorod viloyatidagi fabrikani qurish loyihasini amalga oshirish uchun 50 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflangan. Bu IKEA'ning Rossiyadagi ishlab chiqarishga yo‘naltirgan eng yirik investitsiyasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025