Fan-texnika | 18:42 / 07.09.2016
17857
4 daqiqa o‘qiladi

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

7 sentabr kuni Sotheby's kimoshdi uyi The Beatles asoschilaridan biri Jon Lennonga tegishli bo‘lgan Austin Princess avtomobilini sotuvga qo‘ydi. Shu munosabat bilan kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar o‘nligini e'tiboringizga havola qilamiz. 

Ferrari 250 GTO Berlinetta – 38,1 million dollar
Bugungi  kunga qadar bu kimoshdi savdolari tarixidagi eng qimmat avto hisoblanadi. Ferrari bu modelni atigi 2 yil ishlab chiqargan - 1962 yildan 1964 yilga qadar. 2014 yilda Kaliforniyadagi Bonhams uyida o‘tkazilgan savdolarda amerikalik milliarder Kreyg MakKou ushbu mashinani 38,1 million dollarga xarid qilgan. 

Ferrari 335 S Spider Scaglietti – 35,7 million dollar
2016 yilning fevralida Parijda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida 1957 yilda ishlab chiqarilgan afsonaviy Ferrari 335 S Spider Scaglietti avtomobili 35,7 million dollarga sotilgan. Bu mashinada angliyalik Stirling Moss "Formula-1"ning Kuba bosqichida g‘olib bo‘lgan. Xaridor nomi rasman e'lon qilinmagan, lekin ba'zi ommaviy axborot vositalari surishtiruviga ko‘ra, uning yangi sohibi - 5 karra "Oltin to‘p" egasi Lionel Messi.

Mercedes-Benz W196 – 29,6 million dollar
Mercedes konserni tomonidan 1954-1955 yilgi mavsumda "Formula-1" poygasida ishtirok etish uchun yig‘ilgan bolid Bonhams kimoshdi savdosida 29,6 million dollarga sotilgan. Dunyodagi eng qimmatbaho nemis avtomobilining o‘ziga xos xususiyati Ikkinchi jahon urushi davrida Messerschmitt aviaqurilish kompaniyasi tomonidan yaratilganligidadir.

Ferrari 290 MM – 28,1 million dollar
Avtomobil 1956 yil argentinalik 5 karra "Formula-1" chempioni Xuan Manuel Fanxio uchun maxsus yaratilgan. Ferrari atigi 4ta shunday mashinani ishlab chiqargan. 2015 yilning dekabrida avtomobil kimoshdi savdosida 28,1 million dollarga sotilgan. Xaridor o‘z nomini oshkor etmaslikni so‘ragan.

Ferrari 275 GTB/4*S NART Spider – 27,5 million dollar
Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobilni 1967 yilda kanadalik tadbirkor Lourens Stroll xarid qilgan. Bitim 2013 yili tuzilgan. NART Spider 1968 yilda Amerika kinoijodkorlarining "Tomas Kraun firibgarligi" filmida paydo bo‘lgan. Kartina "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritgan.

Ferrari 275 GTB/C Speciale by Scaglietti – 26,4 million dollar
Ferrari 275 GTB noyob avtomobillar sirasiga kirmaydi, zero kompaniya 453ta bunday avtoni ishlab chiqargan. Biroq C Speciale belgisi faqatgina 3ta mashinada bo‘lgan. Har bir  Ferrari 275 GTB/C Speciale avtosi qo‘lda yig‘ilgan. Ana shunday mashinalardan biri 2014 yilda kimoshdi savdosida 26,4 million dollarga sotilgan.

Ferrari 250 GT SWB California Spider – 18,5 million dollar
1961 yilda Ferrari 37ta 250 GT SWB California Spider avtomobilini ishlab chiqargan. Bu mashinaning qimmatbaholigiga sabab - u 1971 yilda Alen Delon tomonidan qo‘lga kiritilganligida. 2014 yilda Artcurial kimoshdi savdosida avto 18,5 million dollarga sotilgan.

Ferrari 375-Plus Spider Competizione – 18,4 million dollar
Ferrari 250 LM 1964 yilda "Le-Man 24 soat" poygalari uchun maxsus yaratilgan. Mashina o‘zini avtosport olamida yaxshi namoyon qilganidan keyin ushbu kollektsion namunaga bo‘lgan talab paydo bo‘ldi. 2013 yili avto kimoshdi savdosida 17,6 million dollarga sotilgan.

Ferrari 250 GT SWB California Spider – 16,8 million dollar
Reytingni yana bir Ferrari 250 GT SWB California Spider avtomobili tugallaydi. 2015 yilning yozida avtomobil 16,8 million dollarga noma'lum inson tomonidan xarid qilingan.

 

Mavzuga oid