Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Yevropadagi eng katta tomosha g‘ildiragi quriladi
Moskvada 2018 yilda VDNXning (ko‘rgazma majmuasi) janubiy qismida Yevropadagi eng baland tomosha g‘ildiragi qurish rejalashtirilmoqda. Ko‘rgazma majmuasi matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, loyiha "Regiony" kompaniyalar guruhi tomonidan moliyalashtiriladi va quriladi.
Tomosha g‘ildiragining balandligi 140 metrni tashkil qiladi va unga ketadigan dastlabki xarajatlar 12 mlrd rublga baholanmoqda. Maydoni 6,9 gektarni tashkil qiladigan majmua VDNXning janubiy kirish qismida joylashadi, bu yerda keng, usti yopiq promenad orqali sayr qilish, kinoteatr-multipleksga tashrif buyurish hamda restoran va kafelarda tamaddi qilish mumkin bo‘ladi.
Ulkan tomosha g‘ildiragi 30 ta yopiq, jumladan 3 ta yuqori shinamlikka ega bo‘lgan kabinadan iborat bo‘ladi, har bir kabina 20 kishi mo‘ljallanadi. Kabinaning oynavand devorlari orqali 360 graduslik manzara ochiladi. Tashrif buyuruvchilarga shinam bo‘lishi uchun kabinalar havoni sovitish va isitish tizimi bilan jihozlanadi. Buning evaziga undan yil bo‘yi istalgan havoda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Tomosha g‘ildiragi bir vaqtda 600 kishini sig‘dira oladi, uning bir to‘liq aylanib chiqishi uchun 25 daqiqada talab etiladi. Attraktsion bir soatda 1620 kishiga xizmat ko‘rsata oladi. Mehmonlarga tashrif oldidan attraksionning yaratilishi haqida 4D-film namoyish qilinadi. Kabinalarda mehmonlarning istalgan savoliga javob berishga tayyor bo‘lgan ekskursovodlar bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025