Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belaruslar Paralimpiada ochilish marosimida Rossiya bayrog‘ini olib o‘tdilar
Belaruslik sportchilar Rio-de-Janeyrodagi 2016 yilgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida rossiyalik sportchilarning musobaqalardan chetlatilishiga birdamlik sifatida Rossiya bayrog‘ini olib o‘tdilar. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Paralimpiada ochilish marosimi "Marakana" stadionida bo‘lib o‘tdi. Belarus terma jamoasi bayroqdori nayza otuvchi Aleksandr Triputs bo‘ldi.
23 avgustda belaruslik paralimpiyachilar rossiyalik sportchilarga ularning o‘yinlardan chetlatilishlari bilan bog‘liq holda qo‘llab-quvvatlov bildirgandilar. Belarus Paralimpiya qo‘mitasi raisi Oleg Shepel o‘yinlar ochilishi marosimida o‘zi bilan Rossiya bayrog‘ini olib chiqishga va'da bergandi. Biroq Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi belaruslarga buni qilishni taqiqlab qo‘ygan.
Paralimpiya o‘yinlarida 4300 dan ko‘proq sportchi ishtirok etadi. 7 avgustda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) Butunjahon aksildoping agentligi komissiyasi hisobotiga tayanib, Rossiya terma jamoasini to‘liq tarkibda o‘yinlardan chetlatishga qaror qilgandi.
Rossiyaliklar o‘zlarining aybsizliklarini isbotlay olishmagan. Sport hakamlik sudi va Shveytsariya federal sudi XPQ qarorini qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortgan va uni adolatli deb topgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025