Manba: Qozog‘iston bosh vaziri iste'foga chiqishi kutilmoqda
Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov 9 sentabr kuni iste'foga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda IA Novosti-Kazaxstan nashri vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
"Hukumat iste'fo berishi kutilmoqda. Karim Masimov 9 sentabr kungi yig‘ilishda iste'fosini ma'lum qilishi mumkin", degan manba.
Masimov birinchi marta 2007 yilda Vazirlar Mahkamasiga rahbar bo‘lgan va bu lavozimda 2012 yilgacha ishlagandi.
U 2012 yildan 2014 yilgacha Qozog‘iston prezidenti ma'muriyatini boshqargan, 2014 yilning aprelida ikkinchi marta mamlakat bosh vaziriga aylangandi.
9 sentabr kuni Qozog‘istonda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirokida hukumatning kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:14 / 24.07.2024
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Karim Masimovni afv etishni rad etdi
14:08 / 22.07.2024
«U darhol iste’foga chiqishi kerak» - Baydenning qaroriga AQSh va dunyodagi reaksiyalar
18:37 / 14.05.2024
Qashqadaryo hokimi 22 nafar mas’ulni ishdan oldi
23:44 / 08.01.2024