Fan-texnika | 09:43 / 08.09.2016
12521
2 daqiqa o‘qiladi

«Mersedes» kelajak furgonini ishlab chiqdi

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi yuqori texnologiyali Vision Van kontsept-karini ishlab chiqdi. Prototip yuk tashuvchi furgon avtomobillar kelajakda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi xususida tasavvur uyg‘otadi. 

Yangi namunani ham 2015 yil oktabrida Tokio avtosalonida namoyish etilgan Vision Tokyo kontsepti uslubida ishlab chiqishgan. Furgonning old tomoniga keng, egilib ketgan oyna o‘rnatiladi, bu haydovchiga shahar tirbandligida yo‘l harakatini yaxshirok kuzatish imkonini beradi. 

Prototipning yukxonasi «aqlli» tizim bilan jihozlangan bo‘lib, buyurtmachining yuki yukxonaning qayerida joylashganini aniq ayta oladi. Kompaniyadagilarning uqdirishlaricha, haydovchi shu bilan har bir buyurtmani olib borishda o‘rtacha 4 daqiqadan vaqtni tejashi mumkin bo‘ladi. 

Bundan tashqari, furgon tomiga maxsus dronlar o‘rnatilgan. Kvadrokopterlar yordamida uncha katta bo‘lmagan yo‘llanmalarni zich mavzelarda havo orqali yetkazib berish imkoniyati bor. 

Mercedes-Benz Vision Van ekologik jihatdan toza transport vositasi hisoblanadi. Unga 101 ot kuchiga ega elektr motor o‘rnatilgan. Batareyalari quvvati, to‘plamiga qarab  80 kmdan 270 km masofani ortda qoldirishga kifoya qiladi. 

Mavzuga oid