Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 30 futbol maydoniga teng keluvchi radioteleskopni ekspluatatsiyaga topshiradi
Sentyabr oyining oxirida Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida dunyodagi eng katta radioteleskopni ekspluatatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqida TJ xabar qildi.
Teleskop tizimining diametri - 500 metr, umumiy maydoni esa taxminan 250 ming kvadrat metrga teng – bu 30 futbol maydoni hududiga to‘g‘ri keladi. U hajmiga ko‘ra, Puerto-Rikodagi diametri 300 metr bo‘lgan dunyoning eng yirik teleskopidan ham o‘tadi.

25 sentabrda 10 kilometr radiusda radiosukutni talab qiluvchi qonuniy cheklovlar kuchga kiradi, shu bilan birga teleskop atrofida qurilishlar, ov va yog‘och yig‘ishga nisbatan yirik miqdordagi jarima belgilanadi.

Qurilish 2011 yilning mart oyida boshlangan va 1,2 milliard yuanga baholangan.

2016 yilning boshida provinsiya hukumati 9 ming nafar mahalliy aholini kompensatsiya to‘lash sharti bilan boshqa joyga ko‘chirishi haqida ma'lum qilingan edi. Har bir kishiga 12 ming yuan (taxminan 1,838 ming dollar) to‘lanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025