Jahon | 14:45 / 09.09.2016
7973
2 daqiqa o‘qiladi

NATO Turkiyadagi kuchlarini kuchaytirmoqda

Shimoliy Atlantika alyansi Turkiyadagi kuchlari safini kengaytiradi, deya bayonot bergan NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg. U NTV telekanaliga bergan intervyusida shunday fikrni bildirgan. 

Uning aytishicha, Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish, Anqaraning NATOga a'zoligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.

"Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish, uning NATOdagi a'zoligiga rahna soladi, degan fikrlar bildirildi. Ammo, men bunday deb o‘ylamayman. Turkiya NATO uchun juda muhim ittifoqchi, ayniqsa Yaqin Sharq mintaqasida uning o‘rni ahamiyatlidir. Turkiya NATOning turli amaliyotlarida ishtirok etadi. Uning armiyasi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lishi mumkin, biroq davlat o‘laroq, Turkiya NATO doirasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etmoqda", — degan Stoltenberg.

Uning qayd etishicha, Alyans HHK va RQM borasida Turkiyadagi bo‘linmalarini kuchaytirgan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid