Jahon | 14:14 / 09.09.2016
4976
1 daqiqa o‘qiladi

Jyenevada Lavrov va Kerri o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi

Jyenevada Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi.

O‘tgan galgi uchrashuv kabi ikki diplomat bu safar ham "Prezident Uilson" mehmonxonasida to‘xtagan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra,  muzokaralarning bosh mavzusi — Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish. Tomonlar terrorchilarga qarshi birgalikda kurash olib borish bo‘yicha kelishuvga erisha olish-olmasligi kunning dolzarb mavzusiga aylangan. 

Bundan tashqari, tomonlar Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishi kutilmoqda. 

Sergey Lavrov Jyenevaga kelishi bilan BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan uchrashgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid