Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Yevropadan chiqib ketgan minglab radikallar ortga qaytmoqda
Germaniya xavfsizlik xizmatlari qachonlardir Yevropadan Suriya va Iroq hududlariga yo‘l olgan va endilikda YeI hududiga qaytayotgan diniy radikallar soni ortib borayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Welt am Sonntag nashri xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, o‘z vaqtida Yevropadan 6 mingdan ortiq radikal urush harakatlari olib borilgan hududlarga jo‘nab ketgan va endi ularning uchdan bir qismi ortga qaytishi mumkin. U bunday toifalar muhojirlar qatorida Yevropaga o‘tib olishi mumkinligini qayd etib o‘tgan.
Nashrning yozishicha, bu IShIDning mag‘lubiyatga uchrayotgani bilan bog‘liq.
«Jihodchilarning qaytishi jiddiy tahdidlarni keltirib chiqaradi. Ularning aksar qismi o‘ta radikal yondashuvga, harbiy tayyorgarlikka va urush tajribasiga ega», deya ma'lum qilgan Germaniya jinoiy ishlar idorasi rahbari Holger Myunx.
Myunx shuningdek, radikallar Iroq va Suriyada bir-biri bilan aloqa o‘rnatib, so‘ng tashkil etilgan terrorchilik tarmog‘idan Yevropada foydalanishi mumkinligidan ogohlantirgan. U Parij va Bryusseldagi teraktlar tashkilotchilari bir-birlari bilan aloqada bo‘lganini eslatib o‘tgan.
Shu bilan bog‘liq ravishda Myunx Yevropa mamlakatlari razvedkasini o‘zaro faolroq axborot almashishga chaqirgan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024