Jahon | 19:54 / 12.09.2016
10969
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika Latviyaga desant tashladi

Boltiqbo‘yining Latviya respublikasiga AQShning 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi rotatsiya tartibida yetib keldi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi respublika mudofaa vazirligiga tayangan holda. 

12 sentabr kuni Adaji harbiy bazasida bo‘lib o‘tgan o‘quv amaliyotida AQSh 173- harbiy desant brigadasi askarlari qatnashgan. Desant tashlash jarayoni C-17 va C-130 samolyotlari vositasida amalga oshirilgan.

Vazirlikda aytishlaricha, ittifoqchilar bilan hamkorlik qilish desant qo‘shinlarini zudlik bilan ko‘chirish imkoniyatlarini yaxshilash barobarida zarur bo‘lgan joylarda jangovar qobiliyatni kengaytiradi. 

Ma'lumki, iyul oyida Latviyaga mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida AQShning 60 nafar askari va 5ta Black Hawk vertolyoti kelgan edi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid