Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rgatilgan burgutlar Niderlandiya politsiyasida xizmat qiladi
Niderlandiya politsiyasining ma'lum qilishicha, ular dronlarga qarshi kurashning samarali usulini topishgan. Bunda ularga o‘rgatilgan burgutlar yordamga keladi. Vahshiy parrandalarni qisqa muddatda dronlarni ovlashga o‘rgatish mumkin. Shu bilan birga, qushlar uchar qurilmalarni o‘zlari va boshqalar uchun xavfsiz ravishda tuta olishadi, deb yozadi The Gurdian nashri.
Shunday qilib, Gollandiya politsiyasi noqonuniy o‘ziuchar qurilmalarga qarshi kurashning notexnologik choralarini qo‘llay boshladi. Samolyotlar parvozi va fuqarolar hayotiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan dronlarga maxsus burgutlar vositasida barham berishga qaror qilingan.
Mazkur tajriba 2015 yil oxirida boshlangan va 2016 yil sentabriga kelib politsiyachilarning ishonchini oqlagan. Burgutlar dronlarni ovlashni tez o‘rganishadi va ularni xavfsiz joyga olib kelishadi. Bunda qushga ham, atrofdagi kishilarga ham ziyon yetmaydi.
Endilikda, Niderlandiya politsiyasi burgutlar xarid qilib, «Havodan qo‘riqlash» kompaniyasi bilan hamkorlikda 100 nafar xodimini burgutlarni boshqarishga tayyorlashni rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng, dronlarga qarshi kurashuvchi maxsus burgutlar bo‘linmasi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025