Fan-texnika | 17:53 / 15.09.2016
7230
4 daqiqa o‘qiladi

ICTFORUM-2016'ga 70 nafardan ortiq spiker taklif qilindi

Toshkent va Namangan shaharlarida ICTEXPO-2016 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


ICTEXPO 2016 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi bu yil Toshkent va Namangan shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada 150 eksponent-kompaniyalar ishtirok etadi. Kompaniyalar stendlari Toshkent shahridagi "O‘zko‘rgazmasavdo" markazi va Namangandagi "Pahlavon" sport majmuasi hududida joylashtiriladi. Tadbirlarga taxminan 35 ming kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. ICTEXPO-2016 21-23 sentabr kunlari Toshkentda va 21-22 sentabr kunlari Namanganda bo‘lib o‘tadi.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining o‘tkazilishidan maqsad - shu sohada erishilgan yutuqlarni namoyish qilish. 


ICTEXPO-2016 ko‘rgazmasi bir necha mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi - ularning orasidan mobil aloqa, internet, telekommunikatsiyalar, dasturiy ta'minot sanoati, elektron hukumat va elektron savdo o‘rin olgan. 


ICTEXPO 2016 ko‘rgazmasining bu yilgi homiysi - Huawei

O‘tgan yili O‘zbekistonda ilk marotaba Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) forumi tashkil etilgandi va u ishtirokchilar orasida katta muvaffaqiyat qozongan edi. Bu yil esa tadbirning dasturiy qo‘mitasi tarkibiga yetakchi IT-kompaniyalar xodimlari, soha mutaxassislari va xorijiy ekspertlar kiritildi. Tadbirga 800 nafardan ortiq kishi tashrif buyurishi, 70 nafardan ortiq spiker bir necha mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha chiqish qilishi kutilmoqda. Forumning rang-barang dasturi ishtirokchilarga turli yo‘nalishlar bo‘yicha sektsion majlislarga kirish imkonini beradi:  Ye-Government Uzbekistan, Raqamli iqtisodiyot, Internet-forum, shuningdek «Axborot xavfsizligi», «Startap konferensiyasi» va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi ishtirokidagi konferensiya kabi sektsion majlislar.

E-Government Uzbekistan konferensiyasi doirasida elektron hukumat sohasidagi strategik vazifalar va amalga oshirilgan loyihalar muhokamasi, axborot texnologiyalari asosida davlat va jamoatchilikning o‘zaro muvaffaqiyatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish uchun tajriba va g‘oyalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi.

Raqamli iqtisodiyotda quyidagi mavzularda ma'ruza va taqdimotlar bo‘lib o‘tadi: "Olmaliq TMK" AJ faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish", "Bulutli muhit iqtisodiyotning o‘sishiga olib keladi", "O‘zbekistonning tashqi savdo ishtirokchilari uchun "bir oyna"li axborot tizimi",  "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi haqida", "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK yo‘lovchilari uchun onlayn-servisni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish". 

Forum dasturiga kiruvchi Startup konferensiyada yangi startaplar taqdimoti, soha ekspertlaridan mahorat darslari tashkil qilinadi, shuningdek O‘zbekistonda Smart Home bozorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishning yangi imkoniyatlari haqida ma'lumot beriladi. 

Axborot xavfsizligi seksiyasi axborot tizimlari, manbalar va shaxsiy ma'lumotlar himoyasini ta'minlashga oid muhim masalalarni muhokama qilishga imkon beradi. Axborot xavfsizligi xalqaro sanoatining yetakchi kompaniyalari - ESET va CISCO'dan mahorat darsi seksiyaning eng e'tiborga molik tadbirlaridan biri bo‘ladi. 

ICTFORUM 2016 doirasida bo‘lib o‘tadigan Internet-forum ishtirokchilari quyidagi mavzularga murojaat qilishadi: "Masofali ta'lim - hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari", "Kontent sifati - elektron OAV haqida qisqa ma'lumot", "Internet-reklama muammolari", "Elektron to‘lovlarni rivojlantirish", "Xalqaro internet-savdo".

ICTFORUM 2016 homiysi - ZTE Corporation. Tadbir Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid