Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekinda aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagini to‘sib qo‘ygan juftlik qo‘lga olindi
Pekin shahri politsiyasi shahardagi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini to‘sib qo‘ygan 2 yo‘lovchini voqeadan 5 kun o‘tib qo‘lga oldi. Bu haqda China Daily xabar tarqatgan.
Voqea o‘tgan haftaning seshanba kunida "Shoudu" xalqaro aeroportida ro‘y bergan. Air China aviakompaniyasining Pekindan Shanxayga uchishi kerak bo‘lgan samolyoti ushbu hodisa tufayli 20 daqiqa kechikkan. Samolyotga ulgurmagan 2 yo‘lovchi ekipaj talablarini bajarishni istamagan va politsiyachilar yetib kelmasidan hududni tark etishgan.
Ular samolyotga chiqish vaqtidan xabardor bo‘lishmagani uchun kechikkanlari haqida aytishgan.
Lekin nashrning qayd etishicha, ularning bu so‘zlari yolg‘on, ularning qo‘lida vaqt aniq belgilangan talon bo‘lgan, qolaversa, aeroportning maxsus xizmati buni doimiy ravishda eslatib turgan.
Xitoy qonunlariga ko‘ra, bunday harakat uchun 10 kungacha qamoq jazosi va 500 yuan (75 dollar) jarima qo‘llanadi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:29 / 05.05.2025
O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin
14:19 / 01.05.2025