Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 9 sentabr kuni 2016-2018 yillarda Toshkent viloyati shahar va tumanlarini kompleks rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi dasturni qabul qildi. Qarorning to‘liq matni bilan Lex.uz saytida tanishish mumkin.
Unda, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va mavjud sanoat quvvatlarini modernizatsiya qilish borasida investitsion loyihalarni amalga oshirish, muhandislik- kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalari, xom-ashyo bazasi, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, poytaxt viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2019 yilga kelib 33,4 foizga chiqarish belgilangan.
Qarorda, Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyichirchiq, Parkent, Yuqorichirchiq va Chinoz tumanlari sanoatlashtirish darajasini yanada oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Shu bilan birga, Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyichirchiq va Parkent tumanlarini rivojlantirish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024