Jamiyat | 18:44 / 20.09.2016
7198
2 daqiqa o‘qiladi

Nikolas Keyj "Snouden" filmidagi roliga munosabat bildirdi

Oliver Stounning "Snouden" filmidagi rollardan birini ijro qilgan Nikolas Keyj "aktyorning vazifasi - ko‘zgu bo‘lish va jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarni neytral pozitsiyadan ifodalash", deb hisoblaydi. Aktyor 20 sentabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ana shunday fikr bildirdi. 

Keyjning so‘zlariga ko‘ra, u "Snouden" filmining ikki lavhasidagina rol ijro etgan. U jurnalistning "Ba'zi amerikaliklar xoin deb hisoblovchi Edvard Snoudenni oqlovchi kartinada rol o‘ynashga qanday qilib rozi bo‘ldingiz?" degan savoliga "bunga neytral pozitsiyadan yondashgani"ni aytdi. 

"Aktyorning vazifasi - ko‘zgu bo‘lish va jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalarni neytral pozitsiyadan ifodalash. Men aynan shunday qildim. Sonuden qilgan ishlar dunyoni o‘zgartirgani shubhasiz", - dedi Keyj. 

"Snouden" filmi 2013 yilning iyunida Washington Post hamda Guardian gazetalariga bir qator maxfiy materiallarni topshirgan Milliy xavfsizlik agentligi(MXA)ning sobiq xodimi haqida hikoya qiladi. Bu maxfiy ma'lumotlar AQSh va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlarining internetdagi kuzatuv dasturlariga oid bo‘lgan. Stounning filmi 9 sentabrda Torontodagi xalqaro kinofestival doirasida namoyish qilindi. 

 

Mavzuga oid