Jamiyat | 18:09 / 20.09.2016
8863
2 daqiqa o‘qiladi

Vinni-Puxning yangi do‘sti pingvin bo‘ladi

Ayiqcha Vinni-Puxning yangi do‘sti pingvin bo‘ladi. Bu haqda The Guardian xabar yozgan.

Bu qahramonni yozuvchi Brayan Sibli o‘ylab topgan. U ayiqcha haqidagi hikoyalar muallifi Aleksandr Alan Milnning o‘g‘li Kristofer Robin Miln bilan tushgan eski suratlaridan biridan ilhomlangan. Suratda Kristofer ayiqcha va pingvin bilan o‘ynab o‘tirganini ko‘rish mumkin.

Yangi personaj Vinni-Puxning 90 yilligida yaratildi.

«Puxning pingvin bilan uchrashuvi uning Susseks o‘rmonida kenguru hamda yo‘lbars bilan uchrashuvidan ko‘ra, noodatiy bo‘lmaydi», – deya izohlagan Sibli.

Sibli to‘rt muallifdan biri bo‘lib, u «Dunyodagi eng yaxshi ayiq» sikveli uchun ertak yozib berdi. Bu kitob 6 oktabr kuni Egmont tomonidan nashrdan chiqariladi. Bu loyihada Pol Brayt, Keyt Sonders va Jin Uillis ham ishtirok etgan.

Siblining kitobi «Qish: o‘rmonda pingvin paydo bo‘ldi» deya nomlangan.

Alan Miln hikoyalaridagi o‘yinchoq ayiqcha Vinni-Puxning prototipi kanadalik urg‘ochi ayiq bo‘lgan. 

Yozuvchi Lindsi Mettikning yangi «Vinnini qidirib» kitobida personajning kelib chiqish tarixi haqida so‘zlangan.

Ma'lum qilinishicha, 1914 yilda kichkina urg‘ochi qora ayiq kanadalik veterinar Garri Kolbern tomonidan qutqariladi, u ayiqchaga ona shahri sharafiga Vinnipeg (qisqartmasi — Vinni) deb ism qo‘yadi va London hayvonot bog‘iga jo‘natadi. U yerda esa ayiq bilan yozuvchining o‘g‘li Kristofer Robin tanishib qoladi. Bola u bilan inoqlashib qoladi va o‘zining o‘yinchoq ayig‘ini uning nomi bilan ataydi. Mettik esa o‘sha xaloskor veterinarning evarasi hisoblanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid