Fan-texnika | 12:07 / 21.09.2016
6599
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari AQSh do‘konlariga yetkazildi

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasining 500 mingdan ortiq yangi Samsung Galaxy Note 7 telefonlari AQShga yetkazildi, mamlakat hukumati smartfonlarni qaytarish haqida e'lon qilganidan so‘ng avval sotilgan modellar kompaniya tomonidan almashitirildi. Bu haqida Samsung'ning rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

Telefonni ertaga, 22 sentabrda AQShning chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi do‘konlaridan almashtirish mumkin. Bundan tashqari, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 uchun yangilangan dasturiy ta'minot ishlab chiqarishi haqida ma'lum qildi, uning yordamida qurilmadan foydalanish xavfsizligini aniqlash mumkin. Ekranning o‘ng burchagidagi yashil batareya belgisi qurilma akkumulyatori to‘g‘irlangani va smartfon xavfsiz ekanligidan dalolat beradi. 

Amerikaning Iste'mol mahsulotlari xavfsizlik komissiyasi (IMXK) akkumulyatorning qizib ketishi va portlashi ehtimoli sabab AQSh hududidagi taxminan 1 million Galaxy Note 7 qurilmalarini qaytarish haqida rasman e'lon qilgandi. 
 

Mavzuga oid