Fan-texnika | 19:23 / 21.09.2016
19032
2 daqiqa o‘qiladi

Tahlilchilar iPhone 7 smartfonining narxini hisoblab chiqishdi

IHS Markit kompaniyasi tahlilchilari 32 gigabaytli xotiraga ega yangi iPhone 7 smartfonining qismlari narxini hisoblab chiqishdi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi. 

Tadqiqot davomida ekspertlar yangi flagman to‘plamining narxi 223,8 dollarni tashkil qilishini hisoblashdi. Biroq bu ko‘rsatkich qurilmani ishlab chiqarish va yig‘ish xarajatlari emas, qismlar tannarxinigina inobatga oladi. AQShda yangi smartfonning chakana narxi - 649 dollardan iborat. 

iPhone 7 qurilmasining eng qimmat qismi 43 dollarga baholangan displeyi bo‘lib chiqdi. Intel protsessori esa 34 dollarni tashkil qiladi. Smartfonning eng arzon qismlaridan biri akkumulyator bo‘lib, uning qiymati - 2,5 dollarga baholangan. 

Ekspertlar yangi flagmanni ishlab chiqarish iPhone 6S'ga nisbatan 36,89 dollarga qimmatga tushishini aniqlashdi. 

Apple kompaniyasining so‘nggi iPhone 7 qurilmasi taqdimoti sentabr oyi boshida San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tdi. Yangi qurilmaning o‘ziga xosligi - unda quloqchinlar ulanadigan 3,5 millimetrli tuynukning yo‘qligida. 
 

Mavzuga oid