Jamiyat | 09:15 / 21.09.2016
18608
1 daqiqa o‘qiladi
Vakolatini suiiste'mol qilgan IIV xodimi tegishli jazoga tortildi
Fuqaro T.Samiyev jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman sudining hukmi bilan aybli deb topilib, unga 2 yil sinov muddati tayinlanadi. Peshku tumanida yashovchi Ziyoviddin Jo‘rayev esa uni shartli jazodan ozod qilish evaziga sudlanuvchining tanishi A.Xoliqovdan pul so‘raydi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Ichki ishlar xodimi hisoblangan Z.Jo‘rayev 400 ming so‘m pulni A.Xoliqovdan olayotgan payt qo‘lga olindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudining hukmiga ko‘ra, Z.Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasiga binoan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan hamda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Mavzuga oid
13:11
Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi
07:54
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024