Jamiyat | 11:08 / 22.09.2016
37710
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi taqdim etildi

Oksford universiteti

Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingini tuzuvchi THE World University Rankings'da so‘nggi 12 yilda birinchi marta AQSh universitetlari birinchilikni qo‘ldan boy berishdi. Yangi reyting Britaniyaning Times Higher Education (THE) jurnalida taqdim etildi.

Dunyoning eng yaxshi universiteti nomi Britaniyadagi Oksford universitetiga nasib etdi. Oxirgi 5 yil ro‘yxatda yetakchilik qilgan Kaliforniya texnologiya instituti esa reytingning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Kuchli uchlikka AQShning Stenford universiteti yakun yasadi. 

4-o‘rin Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), 5-o‘rin Massachusets texnologiya instituti (AQSh), 6-o‘rin esa Harvard universiteti (AQSh) tomonidan band etildi. Priston universiteti (AQSh) 7-o‘rin, London Imperiya kolleji (Buyuk Britaniya) 8-o‘rinni egalladi. Reytingning 9-pog‘onasidan Shveytsariya Federal texnologiya universiteti va 10 pog‘onasidan Berklidagi Kaliforniya universiteti (AQSh) joy oldi. 

Tadqiqot natijalari reytingda odatdagidek Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya oliy ta'lim muassasalari yetakchilik qilayotganini ko‘rsatdi. Reytingdagi 980 o‘quv dargohidan 148tasi AQSh va 91tasi Birlashgan Qirollik universitetlariga to‘g‘ri keladi. 

Mavzuga oid