Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futzal. Eron Braziliyani turnirdan chiqarib yubordi va boshqa natijalar
Kolumbiyada davom etayotgan futzal bo‘yicha Jahon Chempionatida chorak finalning 5 ishtirokchisi nomi ma'lum bo‘ldi.
21 sentabr kuni avvaliga Rossiya Vetnamni 7:0 hisobida yengib, chorak finalning ilk ishtirokchisiga aylangandi. Mezbon Kolumbiya esa penaltilar seriyasida Paragvayga yutqazgan.
Turnir sensatsiyasi esa Braziliya va Eron uchrashuvida qayd etildi. Asosiy vaqtda 4:4 hisobi qayd etilgach, penaltilar seriyasida Eronga omad kulib boqdi.
Ispaniya Qozog‘istonni 5:2 hisobida yenggan bo‘lsa, Portugaliya Kosta-Rikani 4:0 hisobida taslim etib, chorak finalga yo‘l oldi.
Endilikda chorak finalda Eron Paragvay bilan, Rossiya esa Ispaniya bilan o‘ynaydi.
Portugaliya o‘z raqibini kutmoqda.
Nimchorak finalning yana 3ta uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi. Bu bahslarda Argentina Ukraina bilan, Italiya Misr bilan Tailand esa Ozarbayjon bilan kuch sinashadi.
Braziliya - Eron 4:4 (pen. 2:3)
Gollar: Falkao 9, 13, 48, Diyeguino 29 - H.Toyibi 14, A.Kozimi 31, A.Hassanzoda 37, M.Keshavars 48
Portugaliya - Kosta-Rika 4:0
Gollar: Rikardino 5, 22, Andre 26, T.Brito 27
Kolumbiya – Paragvay – 0:0, penalti – 2:3.
Rossiya – Vetnam – 7:0 (4:0).
Gollar: Chishkala, 2. Abramovich, 9, 12. Abramov, 18. Niyazov, 21. Romulo, 30. Milovanov, 36.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
14:45 / 22.05.2025