Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada lift qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
23 sentabrda Moskvada qurilayotgan "Serdtse stolitsy" ("Poytaxti yuragi") turar joy majmuasida liftning qulashi 5 kishining halok bo‘lishiga olib keldi. Tergovchilar xavfsizlik qoidalari buzilishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishgan. Rostexnadzor yuz bergan voqea sabablarini tergov qilish bo‘yicha komissiya tuzishni rejalashtirmoqda. Hozircha liftning qulashiga trosning uzilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Lift qulashi oqibatida 5 quruvchi halok bo‘ldi. Gap nafaqat odamlarni, balki yuklarni tashishga mo‘ljallangan lift haqida bormoqda. Fojia "Donstroy" kompaniyasi tomonidan qurilayotgan obektda yuz bergan.
"23 sentabrda Moskvaning Shenogina ko‘chasidagi turar joy binolaridan birida 12-19 qavatdan liftning qulashi yuz berdi, oqibatda lift ichida bo‘lgan 5 erkak halok bo‘lgan. Bu holat bo‘yicha qurilish ishlarini o‘tkazishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan", deb ma'lum qildi Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi boshlig‘i katta yordamchisi Yuliya Ivanova.
Ta'kidlanishicha, tergovchilar qurilish obekti va ishlarning o‘tkazilishi, liftning o‘rnatilishi va undan foydalanishga doir hujjatlarni musodara qilishmoqda. Liftning qulashi va avariyaviy vaziyatlarda straxovkalash tizimining ishlamagani sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
09:55 / 20.05.2025
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025