Pekinda "Katta yigirmatalik"ning aksilkorruptsion markazi ochildi
"Katta yigirmatalik"ning (G20) xalqaro aksilkorruptsion markazi xorijda yashirinib yurgan korrupsiyachilarni ortga qaytarish bilan shug‘ullanadi. Markaz 23 sentabrda Pekinda rasman ochildi, deb ma'lum qildi "Sinxua" axborot agentligi.
Sentyabr boshida Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan G20 sammiti natijalariga ko‘ra, yigirmatalik yetakchilari Xitoyda xorijda yigirmatalikka a'zo davlatlarda yashirinib yurgan korrupsiyachilar va mablag‘larni qaytarish muammosini tadqiq qilish ilmiy markazi yaratilganini ijobiy qabul qilishgandi. Bu markaz xalqaro huquq me'yorlariga asosan harakat qiladi.
Avvalroq China Daily nashri markaz bir necha oy ichida ishlashni boshlashini ma'lum qilgandi. Markaz Pekin pedagogika universitetida joylashgan.
Markazning ochilish marosimida Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakillari, Xitoy kommunistik partiyasi intizomni tekshirish markaziy komissiyasi, ta'lim vazirligi va Pekin pedagogika universiteti xodimlari hamda yigirmatalikka a'zo davlatlarning Xitoydagi diplomatlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Avvalroq markazda xitoylik va yigirmatalikning boshqa davlatlaridan korrupsiyaga qarshi masalalar bilan shug‘ullanuvchi o‘nlab mutaxassislar ishlashi ma'lum qilingandi.
Markaz yigirmatalik davlatlarida korrupsiya jinoyatlarini chuqur o‘rganish, jumladan ichki qonunchilikning boshqa davlatlar qonunchiliklari bilan qiyosiy tahlili, noqonuniy aktivlarni musodara qilish, ekstraditsiya masalalari va yuridik yordam jarayonlarini o‘tkazish bilan shug‘ullanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023