Jamiyat | 10:46 / 24.09.2016
67879
2 daqiqa o‘qiladi

24 sentabrdan yo‘l qoidalarini buzganlik uchun yangi jarimalar kuchga kirdi

Foto: «Gazeta.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq ravishda jihozlanmagan transport vositalarini boshqarganlik uchun jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to‘ldirishlar kiritildi. Mazkur tuzatishlar to‘g‘risidagi qonunni 2016 yil 23 sentabr kuni Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan. U, 24 sentabrdan kuchga kiradi, deya xabar qilingan Xalq so‘zi gazetasida. 

Kodeksning yangilangan 125-moddasiga muvofiq, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutisi, favqulodda to‘xtash belgisi, yorug‘lik qaytaruvchi nimcha va qonunda belgilangan tartibda shishani sindirish uchun bolg‘acha bilan jihozlanmagan transport vositasini boshqarish – haydovchiga eng kam oylik ish haqining yarim baravarida jarima solishga asos bo‘ladi. (1 oktabrdan 74887,5 so‘mni tashkil etadi).

Bundan tashqari, mototsiklni boshqarish qoidalariga rioya qilmay, maxsus bosh kiyimisiz mototsikl boshqarish – eng kam oylik ish haqining beshdan bir qismi miqdorida (1 oktabrdan — 29955 so‘m) jarima solishga asos bo‘ladi. Bu qoida moped haydovchilarga ham tegishli ekani qayd etilgan. 

Mavzuga oid