Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kartonli qutilarda saqlanmoqda
Venesueladagi shifoxonada yangi tug‘ilgan go‘daklarning karton qutilarda uxlayotgani tasvirlangan qalblarni larzaga keltiruvchi bu holat tarmoqlarda tarqalib ketdi.
Mamlakatda muxlolifat partiya hisoblangan Mesa de la Unidad Democratica tomonidan tarqatilgan suratlarda yosh chaqaloqlarning qog‘oz qutida qattiq uxlashini tasvirlangan.
Partiya bolalarga zarur va to‘g‘ri joy topib bera olmagan Venesueladagi sog‘liqni saqlash sohasining inqirozini bu holatda ayblamoqda.
Partiya ushbu suratni seshanba kuni o‘zining veb-saytida quyidagi izoh bilan chop etdi: "Dunyo bilib qo‘ysin: Domingo Gusman Lenderdagi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar inkubatorlar yetishmovchiligi tufayli karton qutilarda saqlanadi. 20 sentabr".
Venesuela ijtimoiy ta'minot instituti prezidenti Karlos Rotondaro mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligini himoya qilgan holda Twitter'dagi suratga, quyidagicha izoh berdi: "Bizning kasalxonalar ayrim OAV berkinib yurishiga qaramay, yuzlab bemorlar haqida qayg‘uradi. Biz xatoni tan olamiz va ishimizda davom etamiz".
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025