Iqtisodiyot | 08:50 / 25.09.2016
25766
1 daqiqa o‘qiladi

"LUKoyl" prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

"LUKoyl" prezidenti Vagit Alekperov O‘zbekiston Prezidenti majburiyatlarini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uning Buxoro viloyatiga tashrifi vaqtida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilish maydonida uchrashdi.

Alekperov va Mirziyoyev o‘rtasidagi suhbatning asosiy mavzusi majmua qurilishining borishi bo‘ldi. Mirziyoyev loyihaning amalga oshirilish sur'atlariga yuqori baho berdi. U, shuningdek, kompaniyaning O‘zbekiston neft-gaz sohasidagi qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi faol ishtirokini qayd qilib o‘tdi. 

Bugungi kunda kompaniya O‘zbekistonda katta salohiyatga ega Hovzak-Shodi, Qo‘ng‘irot va Qandim guruhi gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsion loyihalarni amalga oshirmoqda, Janubi-g‘arbiy Hissor va Ustyurt mintaqasining neft-gaz hududlarini burg‘ilash va ishga tushirish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
 

Mavzuga oid