Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: FA Ellardays bo‘yicha tekshiruv boshladi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardaysning korrupsiyaga aloqadorligi bo‘yicha xabarlar chiqqach, bu borada tekshiruvlar boshlagan. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.
Bundan oldinroq, The Telegraph nashri mustaqil jurnalistik tekshiruv orqali Ellardaysning korrupsiyaga aloqadorligi haqida xabar tarqatgandi.
Jurnalistlarning vakillari Ellardays bilan 2 marta uchrashishgan va ular xitoylik biznesmenlarning vakillari sifatida unga APLdagi transferlarda ishtirok etish orqali pul taklif etishgan. 61 yoshli mutaxassis 400 ming funt evaziga transferlar bo‘yicha muzokaralarga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgan.
Bundan tashqari, Ellardays Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA)ning o‘yinchilar transferidan uchinchi shaxslarga futbolchining huquqiga ega bo‘lishni taqiqlovchi qoidalarni chetlab o‘tish yo‘llari haqida so‘zlab bergan.
FA The Telegraph jurnalistlaridan bu ish bo‘yicha barcha materiallarni taqdim etishni so‘ragan.
Mavzuga oid
23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi
11:30 / 05.03.2025