Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Gulen bilan aloqador bo‘lgan 121 kishini qidiruvga berdi
Turkiya hukumati davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi deb hisoblanuvchi Fathulla Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilib 121 kishini qidiruvga berdi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, politsiya mazkur shaxslarni mamlakatning 18ta shahri bo‘ylab qidirish ishlarini olib bormoqda.
Avgust oyi o‘rtasida Turkiyaning Kastamonu viloyati hududida politsiya Fathulloh Gulenning qarindoshi bo‘lmish teleboshlovchi va advokat Kemal Gulenni hibsga olgandi.
Kemal Gulen o‘z qarindoshi uyida ushlangandi. U bu yerda 15 iyuldan buyon yashirinib kelayotgandi. Uni terrorizm bilan kurash bo‘limining hududiy boshqarmasi idorasiga olib borishgan.
16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish ro‘y berdi. Istanbul va Anqaradagi to‘qnashuvlar davomida tinch aholi vakillaridan 246 kishi qurbon bo‘ldi, 2 mingdan ziyod kishi jarohatlandi. Isyonchilarning yo‘qotishlari hisob qilinmagan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025