Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyalik siyosatchilar Rossiya sababli jonli efirda urishib ketishdi
Gruziyada "Iberiya" telekanali jonli efirida mamlakat parlamentiga deputatlikka ikki nomzod urishib keti.
Studiyada nomzodlar – "Paata Burchuladze – Davlat xalq uchun" bloki vakili Irakliy Glonti va "Topadze - Sanotchilar, Bizning vatan" bloki vakili Zaza Agladze o‘rtasida Gruziyaning tashqi siyosiy yo‘nalishi haqida teledebatlar o‘tayotgan bo‘lgan.
Debatning 15-daqiqasida Glonti tomonga raqibi tomonidan suvli stakan uloqtirildi. Bunga esa Topadzega nisbatan Rossiya manfaati yo‘lida harakat qilishi haqidagi ayblov sabab bo‘ldi. Boshlovchi siyosatchilarni ajratishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmagach, ko‘rsatuvni to‘xtatgan.
"Paata Burchuladze – Davlat xalq uchun" blokiga yaqinda opera ijrochisi Paata Burchuladze tomonidan asos solingan partiya, sobiq prezident Mixail Saakashvili safdoshlari va eng faol noparlament partiya "Yangi o‘nglar" kiradi. Bu blok o‘zining g‘arb siyosatiga yon bosishi bilan ajralib turadi.
"Topadze - Sanotchilar, Bizning vatan" bloki esa milliarder Bidzina Ivanishvili tarafdorlari – "Sanoat Gruziyani saqlab qoladi" hamda Rossiyaparast "Bizning vatan" partiyalarini birlashtirgan. Bu blok Gruziyaning NATO va Yevropa Ittifoqi tarkibiga qirishdan voz kechishi evaziga Rossiya bilan munosabatlarni o‘rnatish tarafdori hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025