Light | 20:09 / 29.09.2016
269666
4 daqiqa o‘qiladi

Ko‘krak bezi saratonining odatda ahamiyat berilmaydigan 11 belgisi

Ko‘krak bezi saratoni - ayollar kasalligi bo‘lib, aksariyat hollarda bu kasallik kech aniqlanadi, chunki uning belgilariga yetarlicha ahamiyat berilmaydi, aynan shunisi bilan ham u xavfli hisoblanadi. Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshi. Bestfeel nashrida taqdim etilgan maqolada ko‘krak bezi saratoni avj olmasligi uchun organizmning qaysi belgilariga ahamiyat qaratish lozimligi bayon etildi. 

Bir vaqtning o‘zida quyida keltirilgan belgilarning aksariyatini his qilsangiz, shifokor ko‘rigidan o‘tishni unutmang!

1. Ajralmalar

Agar ko‘krak uchida og‘riq his qilsangiz, undan ajralmalar chiqayotganini ko‘rsangiz (ko‘krak sutidan tashqari), bu ko‘krak bezi saratonining belgilari bo‘lishi mumkin. 

2. Teri tarkibining o‘zgarishi

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, saratonning bu turiga yo‘liqqan ayollarning ko‘krak sohasidagi terisi apelsin po‘stlog‘iga o‘xshab ketadi. 

3. Doimiy og‘riq

Og‘riqni qoldiruvchi va antibiotik dori vositalari ta'sir qilmagan ko‘krak sohasidagi og‘riqqa e'tiborli bo‘ling. 

4. Yo‘tal va nafas olishning qiyinlashuvi

Ko‘krak bezi saratonining belgilaridan biri shamollash yoki gripp bilan bog‘liq bo‘lmagan tushunarsiz va sababsiz yo‘tal xurujlari.

3. Siydik tarkibi va ichakdagi o‘zgarishlar

Sizni sababsiz qabziyat yoki ichburug‘ qiynayaptimi? Bu ko‘krak bezi saratoniga doir tekshiruvlardan o‘tishingiz uchun asosli sabab bo‘la oladi. 

6. Holsizlik

Ko‘krak bezi saratoniga chalingan ayollarda holsizlik, tez charchash beliglari kuzatiladi. Bunda ularning 8 soatdan kam yoki ko‘p uxlashi ahamiyatsiz.

7. Vazndagi o‘zgarishlar

Oxirgi paytlarda keskin ozib yoki to‘lishib ketganingizni sezsangiz, o‘zingizga "nima uchun?" degan savolni berib ko‘ring.

8. Qo‘ltiqda o‘simta paydo bo‘lishi

Qo‘ltiq sohasida kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan o‘simta paydo bo‘lsa, ogoh bo‘ling. Gap shundaki, ko‘krak va qo‘ltiq o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, saraton o‘simtasi aynan shu sohadan rivojlana boshlashi mumkin. 

9. O‘lcham

Ko‘kragingizga diqqat bilan qarang. Ular o‘lchamiga ko‘ra bir xilmi yoki biri ikkinchisidan kattaroqmi?

10. Ko‘krakning qichishi

Ko‘krakning qichishiga bir necha omil sabab bo‘lishi mumkin:

- kir yuvish kukuniga allergiya;
- sut bezlarining o‘sishi (jismoniy yetilish davrida);
- limfalar sirkulyatsiyasi yomonlashuvi va suyuqlikning qotib qolishi;
- tana o‘simta uchun yangi qon tomirlari hosil qilishga urinishi.

11. Yelkaning pastki sohasidagi og‘riqlar

Agar yelkangizning atrofidagi soha sababsiz ko‘p bezovta qilsa va og‘riq chekinmasa, bunga jiddiy e'tibor qarating. Axir o‘simta to‘qimalarining cho‘zilishi og‘riqni paydo qilishi mumkin. Bu belgi yana shunisi bilan yomonki, kasallikning avj olishi natijasida metastazlar suyaklarga ziyon yetkazishi mumkin. 

 

Mavzuga oid