Jahon | 09:45 / 30.09.2016
12628
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti o‘zini Gitlerga tenglashtirdi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte yana bir bor shov-shuvli chiqish qildi. U o‘zini Adolf Gitlerga tenglashtirgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.

U jurnalistlar oldida qilgan chiqishida ba'zi tanqidchilari undan "Gitlerning egizagini yasashi"ga sabab bo‘lgan gaplarni aytgan. 

U mamlakatda 3 million giyohvand borligini aytib, Gitlerning 3 million yahudiyni qatag‘on qilganiga ishora qilgan.

"Filippinda uch million giyohvand bor. Men ularni o‘ldirib yo‘q qilishdan baxtiyor bo‘laman. Agar Germaniyada Gitler bo‘lgan bo‘lsa, Filippinda ham...". Shu vaqtda u qo‘llari bilan o‘zini ko‘rsatgan.

Qayd etish kerakki, bu filippinliklarning ilk marta keskin chiqish qilishi emas. U Xitoydagi "Katta yigirmatalik" sammiti arafasida AQSh rahbarini Filippin ichki ishlariga aralashgani uchun "fohishaning bolasi" deya haqorat qilgandi.

Keyin esa Yevropa Ittifoqiga undan kam bo‘lmagan haqoratli so‘zlar yo‘lladi.

Shuningdek, BMT bosh kotibi uning "shirin so‘zlari"dan bebahra qolmadi.

May oyida prezidentlikka saylangan siyosatchi ilk kunlardanoq narkotiklar savdosiga va narkotiklarga qarshi keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilishini e'lon qildi. Shu vaqtgacha, Filippin politsiyasi giyohvandlik savdosiga aloqadorlikda gumon qilingan 2,4 mingdan ortiq kishini o‘ldirdi. Politsiyachilar gumondorlarni ko‘chalarda so‘roqsiz otib tashlayotgani qayd etilgan. Jahon hamjamiyati bu jinoyatchilikka qarshi kurashning bu uslubiga bir necha marta tanqidiy fikr bildirib o‘tgan.

Mavzuga oid