Fan-texnika | 17:03 / 30.09.2016
9885
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: iPhone 7 sohibi smartfon portlagani haqida xabar berdi

Apple kompaniyasining yangi iPhone 7 smartfonini qo‘lga kiritgan xaridorlardan biri qurilmaning portlab ketganligi to‘g‘risida xabar berdi. Bu haqida Independent nashri ma'lum qildi

Reddit saytida kroopthesnoop niki ostidagi foydalanuvchi tomonidan chop etilgan suratlarda smartfonning bo‘laklarga ajralib ketganini ko‘rish mumkin. Shuningdek qurilma joylashgan qutiga ham ziyon yetgan. 

"Fabrika va yetkazib berish xizmati o‘rtasida nimadir sodir bo‘lgan", - deya ma'lum qildi internet foydalanuvchisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, telefondan foydalanishga ulgurmayoq portlash ro‘y bergan. 

Manbaga ko‘ra, smartfonni egasiga yetkazish jarayonida akkumulyatorga ziyon yetgan bo‘lishi mumkin. Telefon avval qizib ketgani, keyin esa portlab, qisman qutisiga ham ziyon yetkazgani taxmin qilinmoqda. 

Mavzuga oid