Jahon | 15:35 / 30.09.2016
11573
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyaga kirganiga 1 yil to‘ldi

2015 yilning 30 sentabrida Rossiya federatsiyasi Harbiy-kosmik kuchlari kengashi ma'qullovidan keyin rus harbiylari Suriyada harbiy amaliyotlar o‘tkazishni boshladi. 

Rossiyaning hujumkor samolyotlari guruhi Xmeymim aviabazasiga joylashtirildi. Qismlarning xavfsizliklarini ta'minlash maqsadida Suriyaga harbiy vertolyotlar, zenit-raketa qurilmalari, zirhli texnika, artilleriya va dengiz piyoda qismlari olib kirildi. Jangarilarga qarshi havodan va dengizdan (Tartusdagi harbiy dengiz bazasi) zarbalar yog‘dirila boshlandi.

2016 yilning martida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya hukumati bilan hamda muxolifat kuchlari bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv asosida o‘z harbiylarini ortga qaytarishni boshladi. Ammo, mamlakatda harbiy harakatlar davom ettirilmoqda, rossiyalik uchuvchilar esa Bashar Asad hukumati harbiylarini havodan turib himoya qilishda davom etmoqda. 

Quyida Rossiyaning Suriyaga kirgani kunida tayyorlangan fotogalereya.

1. Xmeymim bazasi

2. Suriya prezidenti Bashar Asad Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabulida

3. Rssiyaning Tu-22 M3 bobmardimonchilari Suriyada IShID infratuzilmalarini yo‘q qilmoqda

4. Xmeymim aviabazasi. Rossiyalik harbiylar tushlikda

5. Rossiyalik harbiylar FAB-250 aviabombasiga «Za nashix» bitigini yozishdi

6. Qiruvchi samolyot harbiy parvozda

7. Rossiya Harbiy-kosmik kuchlarining IShIDning neft omborxonalariga hujum qilishi

10. Rossiyalik sapyorlar Palmiraning minalardan tozalanishida ishtirok etmoqda

11. Homsdagi "Bass" universiteti talabalari Rossiyani qo‘llab-quvvatlab miting qilmoqda

15. Xmeymimdagi rossiyalik harbiylar Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 71 yilligini nishonlashmoqda

19. Suriyada halok bo‘lgan rossiyalik uchuvchi operator Yevgeniy Dolgin bilan xayrlashuv

20. Suriya armiyasi IShIDdan ozod qilingan viloyatda qolgan tank

 

Mavzuga oid