Sport | 09:59 / 01.10.2016
10748
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniyalik bokschi ringda olingan jarohatlardan vafot etdi
O‘rta og‘ir vaznda ishtirok etuvchi britaniyalik bokschi Mayk Touell o‘zining hamyurti Deyl Evansga qarshi jangda olingan jarohatlardan vafot etdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Bokschilar o‘rtasidagi jang 29 sentabrda Glazgoda bo‘lib o‘tgandi. Jang vaqtida Touell og‘ir nokautga uchragan va ringdan zambillarda olib chiqib ketilgan hamda shifoxonaga yetkazilgan.
Bokschining menejyeri Touell olingan jiddiy jarohatlardan faqatgina o‘pkani sun'iy shamollatuvchi qurilma yordamida nafas olayotganini ma'lum qilgan. Baxtga qarshi, bokschi o‘ziga kelmay , 1 oktabrga o‘tar kechasi 26 yoshida olamdan ko‘z yumdi.
Mavzuga oid
11:48 / 20.06.2021
Video: Bektemir Meliqo‘ziyev nokautga uchradi
18:57 / 03.01.2019
MMA janglarining 2018 yildagi eng yaxshi nokauti aniqlandi
10:00 / 11.11.2018
Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi
23:15 / 05.11.2018