Jamiyat | 00:54 / 01.10.2016
15238
1 daqiqa o‘qiladi

Moldova moliya vaziri ustidan bir chelak sut quyib yuborildi

Moldova moliya vaziri Oktavian Armashning ustidan mamlakatdagi inqiroz uchun bir chelak sut quyib yuborildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Voqea hukumat binosi oldida yuz bergan, bu yerda namoyishchilar o‘tgan yildan beri hukumatga qarshi norozilik o‘tkazib kelmoqdalar.

"Bu xalq zimmasiga yuklagan qarzlar, nochor pensionerlar va nogironlar uchun. Yana bu yerga surbetlarcha kelasiz", deb aytdi Kishinyovda yashovchi shaxs.

Ta'kidlanishicha, bu payt yaqin atrofda politsiya bo‘lmagan.

Bunga javoban Armash hukumat pozitsiyasini tushuntirmoqchi bo‘lgan, biroq uni eshitishmagan va Armash unga sut quygan kimsani "eshak" deb, voqea joyidan ketgan.

Mavzuga oid