Jahon | 16:27 / 01.10.2016
18240
4 daqiqa o‘qiladi

The New York Times: Putin Rossiyani g‘ayriqonuniy mamlakatga aylantirmoqda

The New York Times nashri Rossiya prezidenti va Suriya siyosatiga munosabat bildirdi. Quyida ushbu maqola matnini e'tiboringizga havola qilamiz. 

Vladimir Putin boshqaruvi ostida Rossiya tez sur'atlarda g‘ayriqonuniy mamlakatga aylanmoqda. U BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy besh a'zosidan biri sifatida xalqaro huquq nizomiga rioya qilishda alohida mas'uliyatni zimmasiga olgan. Shunga qaramay, uning Ukraina va Suriyadagi harakatlari nafaqat tinchlikparvarlik qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi, balki umuminsoniy tartib qoidalariga ziddir. 

Chorshanba kuni buning ikki tasdig‘i paydo bo‘ldi. Niderlandiya boshchiligidagi tergov guruhi 2014 yilda Ukraina osmonida Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing samolyotining urib tushirilishi Rossiya tomonidan ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, u o‘sha tunning o‘zidayoq ruslar hududiga qaytganini ta'kidladi. Suriyada urush yarim million kishining hayotiga zomin bo‘layotgan bir mahal Rossiya va Suriya harbiy samolyotlari Halab hududidagi ikki shifoxonaga hujum qilishdi, u 250 ming kishining hayotiga tahdid soldi. 

Rossiya Malayziya samolyotining urib tushirilishida aybni Ukrainaga ag‘darishga harakat qilmoqda, lekin Niderlandiya, Avstraliya, Belgiya, Malayziya va Ukraina prokurorlari tomonidan tayyorlangan yangi hisobot dastlabki xulosalarni tasdiqlamoqda. Hujjatlar nafaqat fojiada Moskvaning aybi borligini isbotlaydi, balki uning javobgarlikdan qochish harakatlariga ishora qiladi. 

G‘arbning ba'zi rasmiylari Rossiyani harbiy jinoyatlarda ayblashdi. Putin o‘zining Xavfsizlik Kengashidagi huquqidan foydalanib, shubhasiz bu ayblovlarni inkor qiladi, lekin uning xatti-harakatlaridan qat'i nazar, Qo‘shma Shtatlari bu masalada Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi lozim. Suriyada esa Putinga hech qanday cheklov yo‘q ko‘rinadi.  Bir necha oy davomida u o‘zini besh yillik fuqarolik urushiga barham berishga doir siyosiy muzokaralar olib borayotgandek tutdi. AQSh davlat kotibi Jon Kerri urushni to‘xtatishga doir kelishuvga erishish uchun juda ko‘p vaqt va kuchini sarfladi. 

Oxirgi kunlarda Putin yana o‘zining asl qiyofasini ko‘rsatdi: Rossiya portlashlarda shifoxonalar ostidagi hamda havo hujumidan himoyalovchi boshpanalarni ham vayron qilishga qodir kuchli qurol-yarog‘larni qo‘llay boshladi. 19 sentabrda Rossiya xalqaro huquq normalariga ko‘ra shifoxona va fuqarolar kabi o‘qqa tutilishi mumkin bo‘lmagan insonparvarlik karvonini o‘qqa tutdi. Chorshanba kuni Kerri Amerika jamoasi olovni to‘xtatishda hamkorlik qilish uchun tashkil etilgan Jyenevadagi muzokara markazini tark etishini aytib tahdid qildi. Bu ko‘p narsani o‘zgartirmaydi. 

Barak Obama Suriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvdan allaqachon voz kechgan, shu bois Putin Amerika saylov kampaniyasining avj pallasida jiddiy qarshilikka duch kelmasligiga umid qilmoqda. Biroq Halabdagi isyonchilarning qiyin vaziyatda qolganlarini hisobga olib, AQSh Ma'muriyati vakillari bu masaladagi qarashlarini qayta ko‘rib chiqishlarini ma'lum qilishdi. Putinning o‘z mamlakati buyukligini qayta tiklash uchun hukumat tepasiga kelganligiga ishonchi komil. Darhaqiqat, Rossiya ko‘p yaxshiliklar qilishi mumkin edi. Biroq uning Suriya va Ukrainadagi fuqarolarga qarshi harbiy harakatlari, Amerika hukumatining kompyuter tizimini buzib kirishi va mamlakat ichida boshqacha o‘ylovchilarga bosim o‘tkazishi - dunyoda tinchlik o‘rnatish yo‘lida konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Rossiya uchun ustuvor vazifa emasligini ko‘rsatadi. 

Mavzuga oid