Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya ikkinchi davlat to‘ntaruvi haqidagi gaplarni inkor qildi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim muxolif imom Fathulla Gulenning terrorchilik tashkilotini (FETO) Turkiyada ikkinchi davlat to‘ntaruvi sodir etilishi haqidagi gaplarni tarqatishda aybladi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Yildirimning aytishicha, bu jamiyatda xavotir uyg‘otuvchi yolg‘on ma'lumotdir.
Bosh vazir hukumat davlat to‘ntaruviga istalgan urinishning oldini olish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rayotganini aytdi. Uning aytishicha, ikkinchi to‘ntaruvni amalga oshirmoqchi bo‘layotganlar 15 iyuldagi to‘ntaruv tashkilotchilaridan ham kuchliroq javob berishlariga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Turkiya adliya vazirligi 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinish ishi bo‘yicha 32 ming kishi hibsga olinganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025