Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AFP: Liviyada niderlandiyalik jurnalist halok bo‘ldi
2 oktabrda niderlandiyalik jurnalist Liviyada milliy kelishuv hukumati (MKH) qo‘shinlari va IShID jangarilari o‘rtasida Sirt shahridagi janglar vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda France-Presse axborot agentligi xabar bergan.
"Niderlandiyalik jurnalist snayper tomonidan otib o‘ldirilgan. Uning jasadi Misurata shifoxonasiga yetkazilgan", deb shifoxona matbuot kotibi, doktor Akrom Glivananing so‘zlarini keltirib o‘tdi agentlik.
Faiz Saroj ma'muriyatiga tarafdor tuzilmalar 12 maydan beri IShIDga qarshi "Al-Bunyon al-Marsus" deb nomlangan operatsiyani olib borishmoqda. Bu davr ichida 400 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 2,5 mingdan ko‘prog‘i jarohat olgan. MKH kuchlari tomonidan Sirt shahrini ozod qilish bo‘yicha operatsiya AQSh harbiy aviatsiyasining ko‘magida amalga oshirilmoqda. Mamlakat hukumatida, Sirt yaqin orada MKH nazoratiga to‘liq o‘tishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
09:05 / 31.01.2025