Jamiyat | 19:45 / 03.10.2016
10384
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik ayol timsohni shippagi bilan qo‘rqitdi

Avstraliyalik ayol Kakadu Milliy parkida sayr qilayotib, unga qarab suzib kelayotgan timsohni shippak bilan qo‘rqitdi. The Guardian nashri shu haqida ma'lum qildi. 

Timsohni ko‘rgan ayol unga qarab shippagi bilan tahdid qilib, ovozini balandlatdi, u shu yo‘l bilan yirtqichni qo‘rqitishga urindi. 

Park rahbari Geri Lindnerning aytishicha, u ba'zi sayyohlar va mahalliy aholi vakillarining o‘ylamay qilgan ishlaridan xafa bo‘ladi. 

“Biz odamlarga doimo xavf haqida eslatib turamiz, lekin baribir sarxush kishilar uchrab turadi”, - dedi Lindner. 

“Bunday tavakkal qilish aqlga sig‘maydi. O‘ylashimcha, ayol uning xatti-harakati qanday xavfni yuzaga keltirishi mumkinligini tushunmagan”, - dedi tabiatshunos Lindon Anlezark. 

Manbaga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan 6 kilometrli daryoda 130ga yaqin timsoh mavjud.

Mavzuga oid