Jamiyat | 12:38 / 03.10.2016
7435
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyadagi IShID mergani jurnalistni otib o‘ldirdi

Foto: Independet

IShID mergani Liviyaning Sirt shahrida niderlandiyalik fotojurnalistni nishonga olgan, deb xabar qilmoqda SNN telekanali Al-Bunyan Al-Marsus harbiy amaliyoti rasmiy vakili Rizo Essa ma'lumotiga tayangan holda. 

Mustaqil fotojurnalist Jeroen Oerlemans ko‘kragidan nishonga olingan va voqea joyida halok bo‘lgan. 

2012 yili Oerlemans Suriyada jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan, biroq bir hafta o‘tgach, qo‘yib yuborilgan edi. 

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Oerleman o‘limi Liviyadagi mojaro boshlangan 2011 yildan beri 10-jurnalistning vafotidir. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid