Jahon | 09:46 / 03.10.2016
9391
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Toliblar Afg‘oniston shimolida hujumga o‘tdi

"Tolibon" harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida hujum boshladi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, toliblar dushanba kuni tongida hujum boshlagan. Ayni vaqtda hududni Afg‘oniston armiyasining 2ta vertolyoti nazorat ostiga olgan.

Hujum oqibatida qurbonlar va jarohatlar borligi haqida ma'lumotlar yo‘q.

Hodisa tafsilotlari keltirilmagan.

Afg‘onistonda keyingi 1 yilda vaziyat og‘irlashgan. Avvaliga tog‘li hududlarda harakat olib borgan "Tolibon" jangarilari endilikda yirik shaharlarga hujumlar uyushtirishni boshlagan. Mamlakatning g‘arbiy chegaralarida IShID ta'siridagi guruhlar ham yuzaga kelgan.

Mavzuga oid