Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google taqdimoti: VR-dubulg‘a, "aqlli" uy va boshqalar
Foto: Reuters
Google kompaniyasi Pixel smartfonlari anonsidan keyin Daydream - virtual reallik dubulg‘asi, Google Wi-Fi routeri, Chromecast Ultra TV-pristavkasi va Google Home'ning final versiyasini taqdim qildi. Bu haqida hi-tech.mail.ru'da ma'lum qilindi.
Daydream

Google kompaniyasi Daydream platformasi uchun yangi virtual reallik dubulg‘asini namoyish qildi. Pixel smartfoni bu VR-tizimni qo‘llovchi ilk qurilmaga aylandi. Dubulg‘a narxi - taxminan 79 dollar.

Dubulg‘a aksariyat smartfonlar uchun universal hisoblanadi. Virtual reallik interfeysini maxsus pult orqali boshqarish mumkin bo‘ladi.
Chromecast Ultra

Chromecast TV-pristavkasi yangilandi - uning yangi versiyasida Ultra modeli taqdim qilindi. Yangi model 4K-videoni qo‘llab-quvvatlaydi, u o‘zining "o‘tmishdosh"idan 1,8 barobar tezroq ishlaydi va Ethernet-ulanishga ega, televizorga HDMI orqali ulanadi. Bahosi - 69 dollar.
Google Wi-Fi

Kompaniya yangi Google Wi-Fi routerini namoyish qildi. Uni xonadon bo‘ylab Wi-Fi to‘liq qamrab olishi uchun bir necha routerdan iborat maxsus massivda qo‘llash mumkin. Bir qurilma qiymati - 129 dollar, uch qurilmadan iborat to‘plam narxi esa - 299 dollar.
Google Hub

Kompaniya xonadon uchun "aqlli" qurilmaning final versiyasini namoyish qildi. Hub'ga Google Assistant ovozli assistenti o‘rnatildi, u bilan deyarli tirik odamdek muloqot qilish mumkin bo‘ladi. Yordamchidan taom retsepti, gapni tarjima qilish, chiroqni yoki musiqani yoqish va boshqa ko‘plab narsalarni bemalol so‘rayverasiz. Masalan, unga "Xayrli kun" desangiz, u sizga vaqt, ob-havo, yo‘llarning tirbandligi haqidagi ma'lumotlarni yetkazadi. Google Hub buyruq kontekstini inobatga oladi.

Uyda biryo‘la bir necha Google Hub o‘rnatish mumkin, shunda istagan xonada yordamchi bilan muloqotga kirishaverasiz. U kompaniyaning boshqa qurilmalari va servislari bilan bog‘langan, lekin boshqa kompaniyalar ham o‘z dasturlarini unga kiritishlari mumkin. Masalan, agar sizda Chromecast bo‘lsa, u holda Hub yordamida televizor yoki akustikani boshqarish mumkin bo‘ladi - musiqani yoqish, YouTube'da video, filmlar, seriallar ko‘rish. Bir Google Hub narxi - 129 dollar.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025