Jahon | 10:16 / 05.10.2016
5654
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston politsiyasi maochilarga qarshi ayollar batalonini safarbar etmoqda

Hindiston politsiyasi markaziy zaxira kuchlari qo‘mondonligi Jarkxand shtatida jangovar ayollar batalonini tashkil etishni boshlaydi. Bu yerda so‘l kayfiyatdagi maochilar guruhlari faoliyat yuritadi. Bu haqda qo‘mondonlik rahbari general Durga Prasad ma'lum qilgan.

"Ushbu bo‘linma so‘l ekstremistlar va Jarkxanddagi aksilmilliy kuchlarga qarshi kurashadi", - deya general so‘zlarini keltiradi NDTV telekanali.

So‘nggi oylarda ayollar maxsus bataloni G‘arbiy Bengaliya shtatidagi mashg‘ulotlar bazasida tayyorgarlikdan o‘tgan. Generalning aytishicha, dastlab, shtat poytaxti Ranchi shahriga bitta rota tashlanadi va u zudlik bilan harbiylashgan politsiyaning jangarilarga qarshi kampaniyasida ishtirok etadi. 

Hindistonda naksolitlar deb ataluvchi maochilar o‘zlarining maochilik va marksizm-leninizm g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Ular 1960 yillardan mazkur hududlarda faoliyat yuritib keladi. Ularning guruhlari Hindistonning 14 shtatida mavjud, biroq asosan Jarkxand, Chxattisgarx, G‘arbiy Bengaliya keng tarqalgan. 
 

Mavzuga oid