Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik dengizchilar O‘rta yer dengizida 1800 nafar qochqinni qutqarib qolishdi
Italiya sohil xavfsizligi xizmati xodimlari halokatga uchragan qayiqlarda 1,8 ming qochqinni qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.
Keng ko‘lamli qutqaruv operatsiyasi dengizda noqonuniy muhojirlardan iborat bir nechta qayiq ko‘ringach boshlab yuborilgan.
Tezkor tadbirlarga qaramay, qochqinlardan ayrimlari halok bo‘ldi. Sohil xavfsizligi xizmati xodimlari suvdan o‘o‘tizga yaqin jasadni olib chiqishdi. Ularning yarimi ayollar va bolalar edi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda O‘rta yer dengizida yana bir qancha qayiq suzib yuribdi. Ularning ayrimlari odamlar bilan shunchalik to‘lgan-ki, suvga ag‘darilib ketishlari hech gap emas. Ularning soni mingga yetishi mumkin.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025