Jahon | 08:07 / 06.10.2016
16864
2 daqiqa o‘qiladi

"Mettyu" to‘fonining sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratida mudhish tasvir paydo bo‘ldi

Foto: twitter.

"Mettyu" to‘fonining AQSh televideniyesida ertalabki ob-havo ma'lumotlarida ko‘rsatilgan sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratida kutilmagan va qo‘rquvga soluvchi tasvir ko‘rindi. Suratda iljayib turgan odam bosh suyagini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Ushbu tasvirni boshlovchi Mett Devitt tvitterda chop etdi.

Hozirda to‘fon Bagam orollari tomon yo‘nalgan. To‘fon Gaiti, Kuba va Dominikan Respublikasi ustidan o‘tib bo‘ldi. To‘fonning kuchi so‘nib bormoqda, hozirda u 5-toifadagi to‘fondan 3-toifadagiga tushirilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat kamida 25 kishining umriga zomin bo‘ldi.

To‘fon 2007 yildan beri Atlantika okeanida yuz bergan eng kuchli to‘fon bo‘ldi. Hozirda u Bagam orollaridan chamasi 185 km lar uzoqlikda bo‘lib, 6 oktabr kunduzi Florida shtati yonidan o‘tishi kutilmoqda. To‘fonning ichidagi shamol tezligi hozirda 185 km/soatni tashkil qilmoqda.  

 

Mavzuga oid