Damashq: Vashington Suriyani bir necha davlatga parchalab tashlamoqchi
AQSh Suriyani diniy ko‘rinishiga ko‘ra bir necha davlat tuzilmalariga parchalab tashlamoqchi, degan fikrni bildirgan Suriya axborot vaziri Ramiz Tarjaman.
«Vashington Suriyaning zaif davlat bo‘lishini xohlaydi. Uni bo‘lib tashlash maqsadi ham bor. Xususan, shimolda kurd davlati e'lon qilinganidan so‘ng, aytish mumkinki, bu g‘oya mavjudligini isbotladi. Unga ko‘ra, Suriya hech bo‘lmaganda federatsiya yoki konfederatsiyaga aylanishi kerak», — deya vazirning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Tarjamanning qayd etishicha, Yaqin Sharqdagi amerikalik strateglar Suriya hududini konfessiyalarga oid belgisiga muvofiq parchalash niyatidalar.
Avvalroq, Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest bayonot berganidek, AQSh Suriyada vujudga kelgan vaziyat uchun Damashq va Moskvani tovon to‘lashga majbur qilish maqsadida BMT doirasidan tashqarida siyosat yuritishga ham tayyor.
Mavzuga oid
00:16
Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegaraga panjara qurish haqida o‘ylamoqda
18:57 / 29.09.2024
Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
17:30 / 29.09.2024
“Ikki standartlilik bo‘lmasligi kerak” – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMTda nutq so‘zladi
13:31 / 29.09.2024