Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mavrikiyda MH370 reysi samolyotining qoldiqlari topildi
Malayziya hukumati shu yilning aprel oyida Mavrikiy orolida topilgan samolyot qoldiqlari haqiqatdan ham Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH370 reysini amalga oshirish chog‘ida g‘oyib bo‘lgan Boeing 777 havo kemasiga tegishli ekanini tasdiqladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Avstraliya transport xavfsizligi boshqarmasi o‘tkazgan ekspertiza ma'lumotlariga ko‘ra, qoldiqlar samolyot qanotining orqa qismiga tegishlidir.
Avvalroq, Tanzaniya va Reyunon orolida ham samolyot qoldiqlari topilgani xabar qilingan edi.

Bortida 227 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan Boeing 777-200 2014 yil 8 martga o‘tar kechasi radar ekranlaridan yo‘qolib qolgan edi. U, Kuala-Lumpurdan MH370 reysi bo‘yicha Pekinga parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot bilan aloqa bexosdan uzilib qolgan, shundan so‘ng, u bilan nimalar yuz bergani noma'lum.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi
12:42 / 01.05.2025